Kitobxon onalar

Kitobxon onalar
Bugun, 17-dekabr kuni an’anaviy “Kitobxon onalar” tadbiri Olimlar mahallasida istiqomat qiluvchi Dusiyarovlar oilasida o‘tkazildi.
📚Tadbirda Sh. Rashidov ko‘chasida yashovchi ilm-ma’rifatli, kitobxon onalar faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida kitob mutolaasining hayotimizdagi o‘rni, ayniqsa, farzandlar tarbiyasida o‘qishning ahamiyati haqida atroflicha suhbat olib borildi. Shuningdek, kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, ishtirokchilarga mazmunli va foydali adabiyotlar tavsiya etildi