KITOBXON OILALAR


15-may "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan G‘allaorol tumani Axborot-kutubxona markazida “Kitobxon oila va kitobxon onalar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tumanning faol kitobxon oilalari hamda kitobxon onalar ishtirok etib, inson kamolotida kitobning o‘rni, mutolaaning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalalari yuzasidan suhbat olib borildi. Shuningdek, “Mening sevimli kitobim” mavzusida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Tadbir yakunida eng faol kitobxon oilalar va kitobxon onalarga Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasining esdalik sovg‘alari topshirildi.