Kitobxon_oila

Kitobxon_oila
Joriy yilning 3-oktyabr kuni tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan Samarqand mahallasida istiqomat qiluvchi Nishonovlar oilasida "Kitobxon oila" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
📚 Tadbir doirasida oila a’zolari oʻz sevimli kitoblari haqida soʻz yuritib, kitob mutolaasining ahamiyati haqida fikr yuritishdi.
🔹 Uzoq yillar maktabda yosh avlodga ta'lim-tarbiya bergan Jamila opa: “Bugungi tadbir bolalarimizning tafakkurini, nutqini va kitobga boʻlgan mehrini oshirishga xizmat qildi,” – deya ta’kidladi.
Bunday tadbirlar nafaqat oila a’zolarining saviyasini oshiradi, balki oilalarda mustahkam ma’naviy muhit yaratishga xizmat qiladi.