"Kitobsevar millat" shiori ostidagi V Respublika Kitobxonlik haftaligi bo'lib o'tadi
E’LON !
"Kitobsevar millat" shiori ostidagi V Respublika Kitobxonlik haftaligi bo'lib o'tadi
Joriy yil 21-27 aprel kunlari O'zbekiston Milliy kutubxonasida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalari agentligi tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida an’anaviy V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" bo‘lib o‘tadi.
Haftalik doirasida respublika miqyosidagi nashriyotlar tomonidan chop etilgan yangi mahalliy va xorijiy kitoblar taqdimoti, kitobsevarlar uchun turli mahorat darslari, mutolaa tadbirlari, yozuvchi va adiblar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari va boshqa qator ma’naviy-ma’rifiy, madaniy dasturlar o‘rin olgan.
G'allaorol tuman Axborot-kutubxona markazi barcha kitobsevarlarni haftalikka taklif qilamiz!