"Kitobsevar millat" shiori ostida kitobxonlik oyligi o'tkazilmoqda.
Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrokning, ilm-u donishning asosidir, hayotni o'rgatuvchi murabbiydir. A.Temur. Gʻallaorol tumanida kitobxonlik oyligi doirasida "Kitobsevar millat" shiori ostida kitobxonlik oyligi o'tkazilmoqda. Joriy yilning 13-fevral kuni G'allaorol tuman Barkamol avlod markazida "Kitobsevar avlod" mavzusida kitobxonlar bellashuvi o'tkazildi. Bellashuvda xodim va oʻquvchilardan iborat 5 ta jamoa test yechish, badiiy asarlar bilimdoni va mushoira shartlari boʻyicha bellashishdi. Yakuniy natijalarga koʻra, 1-oʻrinni "Olimlar", 2-oʻrinni "Yoshlar", 3-oʻrinni "Bilimdonlar" jamoasi egallashdi. Gʻoliblar va faol ishtirokchilar tuman axborot-kutubxona markazining faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
📚Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring va doʻstlaringizga ham tavsiya qiling!👇👇👇👇
Websayt (https://gallaorolakm.uz/) | Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100093372425193&mibextid=ZbWKwL) | Telegram (https://t.me/GallaorolTAKM2023) | Instagram (https://www.instagram.com/gallaoroltumanakm?igsh=a3dkcXBkMDE4N2t4) | Youtube (https://youtube.com/@GallaoroltumanAKM?si=D8q5bmaPrqed2tzY) |https://t.me/irfonli