KITOBSEVAR MILLAT - MA'RIFAT DARSI
KITOBSEVAR MILLAT - MA'RIFAT DARSI
Joriy yilning 3-noyabr kuni Gʻallaorol tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tuman Qoʻriqlash boʻlimida ma’rifat darsi oʻtkazildi.
Tadbirda kutubxona xodimlari oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etib, oʻtgan hafta davomida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir boʻlgan muhim voqea-hodisalar yuzasidan ma’lumotlar berishdi. Shuningdek, davlat xizmatchilari orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitob oʻqishning shaxsiy va kasbiy rivojdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.