KITOBSEVAR MILLAT
KITOBSEVAR MILLAT
Joriy yilning 29-oktabr kuni Gʻallaorol xizmat koʻrsatish va servis texnikumida butun yurtimiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Kitobsevar millat" shiori ostidagi targʻibot tadbiri doirasida "Ma'rifatli qiz-jamiyat tayanchi" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbir davomida qizlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, ularni kitobxonlikka, ilm va tafakkurga intilishga chorlash, shuningdek, jamiyatda faol, bilimli va ma’rifatli ayol sifatida shakllanishlariga e’tibor qaratildi.
Suhbat davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, uning tafakkurni boyitish va dunyoqarashni kengaytirishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar, o‘zlari o‘qigan asarlar haqida fikr almashdilar hamda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish yuzasidan takliflar berdilar.