Kitoblar olamiga sayohat: Mittivoylar quvonchi

Bugun 25-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari bilan ma’rifat maskanida uchrashdik. Bu shunchaki tashrif emas, balki bolajonlar qalbiga ezgulik urug‘ini qadashdek xayrli ishning bir qismi bo‘ldi.
Tadbir davomida bolajonlar bilan eng qiziqarli ertak kitoblar haqida qizg‘in gurunglashdik. Ularning jajji tasavvurlari va qahramonlar haqidagi samimiy fikrlari barchani birdek quvontirdi.
Uchrashuv yakunida har bir mittivoyga o‘zining ilk shaxsiy kutubxonasi uchun kichkina kitobchalar sovg‘a qilindi. Bolajonlarning qo‘lidagi mitti kitobchalarga bo‘lgan quvonchi va qiziquvchan nigohlari kunning eng go‘zal manzarasiga aylandi.
Maqsadimiz bitta — har bir bolani kitob bilan do‘st tutintirish va ularni komil insonlar qilib tarbiyalashdir.