Kitoblar ko'rgazmasi


Joriy yilning 13-aprel kuni axborot kutubxona markazimizda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “1000 kitob” aksiyasi doirasida taqdim etilgan adabiyotlar asosida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilinib, kitobxon o‘quvchilar o‘rtasida keng targ‘ibot ishlari olib borildi.
📚Mazkur ko‘rgazmada turli yo‘nalishdagi badiiy, ilmiy-ommabop hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega kitoblar namoyish etilib, o‘quvchilarda mutolaa madaniyatini shakllantirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish va kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.