Kitob_va_mutolaa_kuni


Bugun 1-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida "Kitob va mutolaa kuni" munosabati bilan Tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari ishtirokida ochiq mashgʻulot oʻtkazildi.
📚🌈✨Tarbiyalanuvchilar sevimli ertak qahramonlari haqida fikr almashib, sheʼrlar va ertaklardan parchalar aytib berdilar. Ayniqsa, topishmoq, maqol davom ettirish, tez aytish, qiziqarli savol-javoblar bolalarning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishlarini oshirishga va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qildi.