Kitob taqdimoti

📚✨ "Kitobxonlik_haftaligi – doirasida
Joriy yilning 13-aprel kuni Gʼallaorol tuman axborot- kutubxona markazida Oʼzbekiston yozuvchilari uyushmasi a'zosi, g'allaorollik ijodkorlar Beknazar Qorajonov va Muhammadi Mustafo Nurli bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
📖 Tadbir davomida atoqli yozuvchi Muhammadi Mustafo Nurlining "Qorli dovonlar" nomli romanining kitob taqdimoti oʻtkazildi.
Ushbu asar yillar davomida adibning koʼrgan-kechirganlari asosida hayotiy yozilgan roman hisoblanadi. Ushbu kitobda koʻplab tarixiy zotlarga bayt-u qasidalar bitilgan. Bir inson umri davomida bosib oʻtadigan yoʻllari, qiyinchilig-u, baxtli kunlari qalamga olingan.