Kitob koʻrgazma

Turkistonda jadidchilik harakatiga asos solgan buyuk ziyoli Mahmudxo‘ja Behbudiy ko‘plab sohalarda bebaho ilmiy va ma’rifiy meros qoldirgan. Uning publitsistika, teatr, adabiyot, bosma ishlar hamda turkistonliklarning siyosiy ongi va ma’rifati yo‘lidagi qarashlari va amaliy faoliyati bugungi kunda ham katta ahamiyatga ega.
Ana shu bebaho merosni keng targ‘ib etish maqsadida G‘allaorol tuman Axborot-kutubxona markazida Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 📚