“Kitob bilan do‘stlashamiz” – yosh kitobxonlar davrasida

Jarayon
Bugun tumanimizdagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kitob bilan do‘stlashamiz” mavzusida samimiy muloqot tashkil etildi.
Muloqot davomida o‘quvchilar bilan mutolaa qilgan kitoblari va ertaklari haqida suhbat, “Ertaklar yaxshilikka yetaklar”, “Maqolni davom ettir”, “Topishmoqni top” kabi qiziqarli va mazmunli o‘yinlar o‘tkazildi.
Ushbu uchrashuv bolajonlarda kitobga mehr uyg‘otish hamda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
Zero, kitob bilan do‘stlashgan bola bilimga, bilim esa yorug‘ kelajakka yetaklaydi!