Jizzaxda “Yilning eng yaxshi kutubxonachisi” aniqlandi
Jizzaxda “Yilning eng yaxshi kutubxonachisi” aniqlandi
Tanlovda viloyat hamda tuman axborot-kutubxona markazlaridan 15 nafar mutaxassislar o‘z iqtidori va bilimdonligi namoyish etdilar.
Tanlovning shaffofligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi vakillari ZOOM platformasi orqali jarayonni kuzatib bordilar.
Natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin – Jizzax viloyati AKM mutaxassisi Boltaboyev Islom;
🥈 2-o‘rin – Do'stlik tumani AKM mutaxassisi Narboyev O'tkir;
🥉 3-o‘rin – Mirzacho'l tuman AKM mutaxassisi Donayeva Nigora yuqori o‘rinlarni egalladilar.
1-o‘rinni egallagan Jizzax viloyati AKM mutaxassisi Respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan estalik sovg'alar hamda diplom bilan taqdirlandilar.