Jizzax viloyati axborot-kutubxona markazida Respublika axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkil etilgan sayyor o‘quv kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi

Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilarga zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlarini tashkil etishning ilg‘or usullari, elektron kutubxona ma’lumotlar bazalarini yaratish, RFID texnologiyalaridan foydalanish, sun’iy intellekt texnologiyalarini axborot-kutubxona faoliyatida qo‘llashning xalqaro tajribalari, mediyasavodxonlikni rivojlantirish, muloqot madaniyati hamda kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha nazariy bilimlar berildi va Jizzax viloyati axborot-kutubxona markazining tegishli bo‘limlarida amaliy treninglar tashkil etildi.
O‘quv kurslarida viloyatdagi tuman va shahar axborot-kutubxona markazlarining 57nafar mutaxassisi ishtirok etib, o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomladilar. Kurs yakunida tinglovchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.