Jarayon
Jarayon
Bugun tuman axborot-kutubxona markazimizda darsdan so‘ng o‘quvchi qizlar ishtirokida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulotda o‘quvchilar darsda o‘rganilgan mavzularni mustahkamlash, savollar berish va bilimlarini chuqurlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, o‘zaro fikr almashdilar, yangi ma’lumotlar bilan tanishdilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan muhokamalar olib bordilar.
Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlari o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishga, shuningdek, ularning ilmiy qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi.