Jaholatga qarshi ilm-ma'rifat
Jaholatga qarshi ilm-ma'rifat
Joriy yilda yurtimizda jadidchilik milliy ma'rifatparvarlik harakatining namoyondasi M.Behbudiyning 150 yilligi keng nishonlanmoqda. Gʻallaorol tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabda mana shu maqsadda targʻibot tadbiri oʻtkazildi. "Mahmudxoʻja Behbudiy-millat otasi, Turon dahosi" shiori ostida oʻtkazilgan targʻibotda oʻquvchilarga allomaning hayoti, ijodi va faoliyati haqida ma'lumotlar berildi. Jaholat va tarbiyasizlikka qarshi ma'rifat ulugʻlangan, ilm-ma'rifatning qadr-qiymati zo'r mahorat bilan bayon qilingan "Padarkush" dramasi yuzasidan bahs-munozaralar o'tkazildi. Shuningdek, jadid bobolarimiz butun umrlarini milliy uygʻonish gʻoyasiga bagʻishlab, oʻlkani jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, millatimizni gʻaflat botqogʻidan qutqarish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etganlari ta'kidlandi.
Websayt (https://gallaorolakm.uz/) | Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100093372425193&mibextid=ZbWKwL) | Telegram (https://t.me/GallaorolTAKM2023) | Instagram (https://www.instagram.com/gallaoroltumanakm?igsh=a3dkcXBkMDE4N2t4) | Youtube (https://youtube.com/@GallaoroltumanAKM?si=D8q5bmaPrqed2tzY) |https://t.me/irfonli