Inson huquqlari

🔹G'allaorol tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari hamkorligida "Inson huquqlari" loyihasi doirasida tadbirlar zalida "Sharq mutafakkirlari Inson huquqlari to'g'risida" deb nomlangan davra suhbati o'tkazildi.
Tadbirda Jizzax viloyati Transportda xavfsizlikni taʼminlash G'allaorol bekati boshligʻi, mayor L.Norqoziyev, post patrul xizmati xodimi, safdor M.Abdusattarov, M.Rahmatullayev va R.Otamurodovlar hamda kutubxona xodimlari ishtirok etdi.
🔹Sharq mutafakkirlarining ijodiy faoliyatidagi ta'lim va tarbiyaga oid
yondashuvlar, g'oyalar, qarashlarni yosh avlodning ongiga singdirishda tarbiya usullari va vositalarini bilish, hayotda ulardan to'g'ri foydalanish –ta'lim jarayonida o'qituvchilarning pedagogik mahoratidagi muhim xususiyatlardan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda odob-axloq mavzusiga bo'lgan qiziqish
anchagina ortib bormoqda.