Inson_huquqlari
Inson_huquqlari
G'allaorol tuman axborot-kutubxona markazida xodimlar uchun "Inson huquqlari" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Har bir inson tug'ilishi bilanoq turli huquq va erkinliklarga ega bo'ladi. Dunyodagi hamma odamlar huquqiy jihatdan tengdirlar. Xususan, respublikamizda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdirlar. Har davlatda inson huquqlari qonun bilan himoya qilinadi. Yig'ilish ishtirokchilariga yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining II bo'limi - Inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari bo'limi yuzasidan tushunchalar berildi.
📚Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring va doʻstlaringizga ham tavsiya qiling!👇👇👇👇
Websayt (https://gallaorolakm.uz/) | Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100093372425193&mibextid=ZbWKwL) | Telegram (https://t.me/GallaorolTAKM2023) | Instagram (https://www.instagram.com/gallaoroltumanakm?igsh=a3dkcXBkMDE4N2t4) | Youtube (https://youtube.com/@GallaoroltumanAKM?si=D8q5bmaPrqed2tzY) |