“INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi boshlandi!


#INFOLIB2026
2026-yil 16-noyabr kuni soat 10:00 da “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda G‘allaorol tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari Zoom platformasi orqali onlayn tarzda ishtirok etib, haftalikning tantanali ochilish marosimini kuzatib bordilar.
Haftalik doirasida axborot-kutubxona sohasidagi yangiliklar, ilg‘or tajribalar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda zamonaviy kutubxona xizmatlarini keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratiladi.