Infolib_2026


#Milliy_axborot_kutubxona_haftaligi
G‘allaorol tuman axborot-kutubxona markazida “INFOLIB-O‘ZBEKISTON 2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida, har oyning 17-sanasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan Kelajak markazida “Kitobxon qizlar” ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni, qizlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, ishtirokchilar bilan qiziqarli savol-javoblar, kitoblar yuzasidan suhbatlar tashkil etilib, mutolaaning inson hayotidagi beqiyos ahamiyati yana bir bor ta’kidlandi.
Zero, bugunning kitobxon qizlari — ertangi kunning bilimli onalari, ma’rifatli avlod tarbiyachilaridir!