INFOLIB_2025 Milliy axborot-kutubxona haftaligi
INFOLIB_2025 Milliy axborot-kutubxona haftaligi
Joriy yilning 12-noyabr kuni G‘allaorol tumani Axborot-kutubxona markazida abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish mutaxassisi tomonidan“Kitobxonlar klubi” ishtirokchilari o‘rtasida “Kitobxonlar aql musobaqasi” nomli viktorina-intellektual o‘yinlar tashkil etildi.Tadbir davomida o‘quvchilarga savollar tarqatildi va ular to‘g‘ri javobni topishda chaqqonlik bilan bilimlarini namoyon etdilar.Mazkur musobaqa o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va erkin fikrlashga o‘rgatish maqsadida o‘tkazildi.