INFOLIB_2025 Milliy_axborot_kutubxona_haftaligi
INFOLIB_2025 Milliy_axborot_kutubxona_haftaligi
BAYROG'IMIZ-MILLIY G'URURIMIZ
Joriy yilning 11-noyabr kuni Davlatimiz bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan G'allaorol tumani Axborot-kutubxona markazi faollar zalida "Bayrog'imiz-milliy g'ururimiz" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman boʻlimi mutaxassisi B.Rizayev ishtirok etdi. Oʻquvchilar tomonidan bayrog'imizni madh etuvchi, ulug'lovchi she'rlar, kuy va qo'shiqlar ijro etilib, tadbirga ko'tarinkilik, ishtirokchilarga quvonch bag'ishladi. Davlatimiz bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tuman hududlari bo'ylab davom etadi.