"Ilmli ayol - jamiyat ko'zgusi".


Zamonaviy ilmli, ma’rifatparvar ayol deganda, milliy an’analarimizga sodiq ravishda taraqqiyotga intilayotgan, tashabbuskor va tashkilotchi, ayollik maqomini tadqiqotchilik, yetakchilik, ustozlik faoliyati bilan uyg‘unlashtirgan bugungi kun qahramonlari ko‘z oldimizga keladi.
Shunday ekan, har bir ayol o‘z oldiga ilm sarhadlarida o‘z o‘rnini topish va insoniyat uchun ahamiyatli hissa qo‘shishni maqsad qilib qo‘yishi ustuvor vazifa hisoblanadi.
G'allaorol tumani axborot-kutubxona markazida “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida tumanimizda eng faol ayollar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbatda G'allaorol tuman targ'ibot guruxi raxbari B.Jumaboyeva tuman axborot-kutubxona markazi, O'EP tuman kengashi, vakillari qatnashdilar.
G'allaorol tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari " yangi adabiyotlar sizlar uchun" kitob ko'rgazmasi tashkil qildilar.