⚡️ G‘allaorol tumanida “Yoshlar kuni” tantanalari boshlandi!
📚 Tadbirda G‘allaorol tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan ham yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish maqsadida turli yo‘nalishdagi adabiyotlardan iborat kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada badiiy, ilmiy-ma’rifiy hamda yoshlar uchun mo‘ljallangan kitoblar namoyish etilib, ishtirokchilarga mazmunli ma’lumotlar berildi.
🟢 Shuningdek, yoshlarning mazmunli hordiq chiqarishi, bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish hamda iqtidor va tashabbuslarini namoyon etishiga xizmat qiluvchi “24/7 Yoshlar sayilgoh ko‘chasi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🌟 Yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, zamonaviy loyihalar va qulay shart-sharoitlar ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga keng yo‘l ochmoqda.