G‘allaorol tumanida “Shukronalik” loyihasi doirasida ma’naviy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi
"Mustaqillik to‘yi" festivali doirasida G‘allaorol tumanida tashkil etilgan “Shukronalik” loyihasi uchrashuvlari yurtga muhabbat, shukronalik va milliy qadriyatlarni ulug‘lash ruhida o‘tdi. Tadbirda keng jamoatchilik vakillari, ziyolilar, yoshlar hamda nuroniylar ishtirok etib, Vatan tinchligi va mustaqillikning bebaho ne’mati haqida samimiy fikr-mulohazalar bildirildi.
Ma’naviy-ma’rifiy dasturda Yangi O'zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar haqida vedorolik namoyish etildi. Vatan va istiqlolni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, she’rlar o‘qildi hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi. Uchrashuv ishtirokchilari qalbida ona yurtga sadoqat, xalqimizning boy ma’naviy merosiga hurmat va ezgu qadriyatlarga sodiqlik tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi.