G‘ALLAOROL TUMANIDA “OQILA AYOLLAR HARAKATI” A’ZOLARI FORUMI BO‘LIB O‘TDI
G‘ALLAOROL TUMANIDA “OQILA AYOLLAR HARAKATI” A’ZOLARI FORUMI BO‘LIB O‘TDI
❇️ G‘allaorol tumani hokimligi majlislar zalida “Oqila ayollar harakati” a’zolarining forumi ko‘tarinki ruhda, bayramona muhitda o‘tkazildi.
❇️ Tadbirni tuman hokimi o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Ra’no Baymatova ochib berdi va so‘zga chiqib, “Oqila ayollar harakati”ning bugungi kundagi o‘rni, xotin-qizlarga berilayotgan davlat e’tibori va jamiyatda ularning faolligini oshirish borasidagi strategik yo‘nalishlar haqida to‘xtaldi.
❇️ Forum davomida ayollarni ijtimoiy hayotga keng jalb etish, ularning huquqiy, ma’naviy va iqtisodiy bilimlarini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yosh avlod tarbiyasidagi ishtirokini kuchaytirish haqida fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.
🌐Ijtimoiy sahifalarimizga obuna boʻling va doʻstlaringizga tavsiya qiling 👇👇👇
Websayt (https://gallaorolakm.uz/) | Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61576596342441) | Telegram (https://t.me/GallaorolTAKM2023) | Instagram (https://www.instagram.com/gallaoroltumanakm?igsh=a3dkcXBkMDE4N2t4) | Youtube (https://youtube.com/@GallaoroltumanAKM?si=D8q5bmaPrqed2tzY)