Gʻallaorol Magistral gaz quvurlari boshqarmasida "Alisher Navoiyni yod etib" mavzusida manaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Olamda turkiy va forsiy tilda soʻzlovchi biron inson yoʻqki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga eʼtiqod va sadoqat bilan qaramasa. Agar bu ulugʻ zotni avliyo desak avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shoirlarning sultonidir. I.Karimov. Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti.
Yuksak maʼnaviyat-yengilmas kuch. Gʻallaorol Magistral gaz quvurlari boshqarmasida "Alisher Navoiyni yod etib" mavzusida manaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda boshqarma hodimlariga shoirning hayot va ijodiga oid maʼlumotlar berildi. Gʻazal va ruboiylaridan oʻqildi. Shuningdek, hodimlar oʻrtasida shoir haqida berilgan maʼlumotlar asosida viktorina va tezkor savol-javoblar oʻtkazildi. Tadbir yakunida faol ishtirokchilar TAKM tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
📚Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring va doʻstlaringizga ham tavsiya qiling!👇👇👇👇
Websayt (https://gallaorolakm.uz/) | Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100093372425193&mibextid=ZbWKwL) | Telegram (https://t.me/GallaorolTAKM2023) | Instagram (https://www.instagram.com/gallaoroltumanakm?igsh=a3dkcXBkMDE4N2t4) | Youtube (https://youtube.com/@GallaoroltumanAKM?si=D8q5bmaPrqed2tzY) |https://t.me/irfonli