Ekskursiya
.jpg)
Bugun tuman axborot-kutubxona markazida yozgi taʼtildagi oʻquvchilar uchun ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida oʻquvchilar kutubxona faoliyati, kitob fondi, kutubxonaga aʼzo boʻlish tartibi hamda kitobxonlik qoidalari bilan yaqindan tanishtirildi.
Tadbir davomida oʻquvchilar bilan qiziqarli savol-javoblar oʻtkazilib, ularning kitobxonlik madaniyati, mutolaa qilishga boʻlgan qiziqishi va bilim darajasi oʻrganildi. Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kutubxona imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumotga ega boʻldilar.