Ekskursiya
Joriy yilning 31-mart kuni axborot-kutubxona markazimizga 44-maktab o‘quvchilari tomonidan tarbiya darsi doirasida ekskursiya uyushtirildi.
📚Ekskursiya davomida o‘quvchilar kutubxona faoliyati, undagi kitoblar jamg‘armasi va ulardan foydalanish tartiblari bilan yaqindan tanishdilar. Kutubxona xodimlari tomonidan kitobxonlikning ahamiyati, mutolaa madaniyati va bilim olishdagi o‘rni haqida tushunchalar berildi.
O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, turli badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan tanishdilar.