DOLZARB_90_KUNLIK_OROMGOH_2025
DOLZARB_90_KUNLIK_OROMGOH_2025
Joriy yilning 29-iyul kuni tumandagi "Kamolot" yozgi sogʻlomlashtirish oromgohida “Kitob - bilim manbai”, “Mening sevimli kitobim” mavzularida ochiq muloqot va davra suhbati oʻtkazildi.
📚Maqsad esa yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni kitobga mehr qoʻyishga undash, intellektual salohiyatini rivojlantirishdan iboratdir.
📚Suhbat davomida kitob oʻqishning inson tafakkuri va maʼnaviy kamolotidagi oʻrni haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, kitobxonlikka oid savol-javoblar, topishmoqlar, hikmatli soʻzlar musobaqasi orqali interaktiv oʻyinlar tashkil qilindi.
Tadbirda oromgohda dam olayotgan oʻquvchilar, tarbiyachilar, kutubxona xodimlari va faollar ishtirok etdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!👇👇👇👇
Websayt (https://gallaorolakm.uz/) | Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61576596342441) | Telegram (https://t.me/GallaorolTAKM2023) | Instagram (https://www.instagram.com/gallaoroltumanakm?igsh=a3dkcXBkMDE4N2t4) | Youtube (https://youtube.com/@GallaoroltumanAKM?si=D8q5bmaPrqed2tzY)