DOLZARB 90 KUNLIK

DOLZARB 90 KUNLIK
2025-yil 18-iyul G'allaorol tumani axborot kutubxona markazida “Dolzarb 90 kun” doirasida muhim uchrashuvlardan biri bo'lib o'tdi. Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari kutubxonamizga tashrif buyurib, bu yerdagi sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Ekskursiya davomida mehmonlar kutubxona faoliyati, kitob fondi, elektron kutubxona xizmatlari hamda madaniy-maʼrifiy tadbirlar o'tkazish imkoniyatlari bilan tanishishdi. Ular kutubxonamizdagi axborot-kutubxona texnologiyalari, xizmat ko'rsatish bo'limlari va yoshlar bilan olib borilayotgan targ'ibot ishlari yuzasidan ham fikr almashishdi. Mehmonlarda kutubxonamiz faoliyatiga bo'lgan qiziqish va eʼtibor yuqori bo'lib, bu kabi tashriflar ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tashrif yakunida tuman FVV xodimlari kutubxona jamoasiga samimiy minnatdorchilik bildirib, kelgusida ham hamkorlikda turli tadbirlar tashkil etishga umid bildirishdi.