Dolzarb 90 kun


Bugun, 10-iyun kuni tuman axborot-kutubxona markaziga 25-maktab oʻquvchilari tashrif buyurdilar. Oʻquvchilarning yozgi taʼtilini mazmunli va samarali oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ular uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.Tadbir davomida oʻquvchilar bilan qiziqarli savol-javoblar, fikr almashuvlar va bahs-munozaralar tashkil etildi.
Shuningdek, oʻquvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida shashka va matematika fanidan kichik musobaqa ham oʻtkazildi.
Tadbir oʻquvchilarda kitobxonlikka boʻlgan qiziqishni oshirishda hamda doʻstona muhitda bilim va tajriba almashishlariga xizmat qiladi