Davra suhbati 2026

Joriy yilning 13 - aprel kuni Gʻallaorol tumani axborot- kutubxona markazida VI Respublika "Kitobxonlik haftaligi tadbirlari doirasida Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish xizmati mutaxassisi tomonidan "Kitobxonlar klubi" oʻrtasida "Abdulla Qodiriy va "Mehrobdan chayon"- adolat va haqiqat yoʻlida" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Abdulla Qodiriy oʻzbek adabiyotining yirik namoyondasi, oʻzbek romanchiligining asoschisi. Uning ijodi, badiiy mahorati xalqimiz uchun gʻoyat qadrlidir. "Mehrobdan chayon" romani oʻzbek adabiyotidagi eng oʻtkir ijtimoiy -siyosiy asarlardan biri boʻlib, unda adolat-adolatsizlik oʻrtasidagi kurash mazmunli oʻrin egallaydi.