Davra_suhbati
Davra_suhbati
Toʻgʻri yoʻlda ketuvchi insonning qadam tashlashi arslonnikidan ham ulug'vorroqdir.
Mahmud az- Zamaxshariy.
Joriy yilning 28-mart kuni Gʻallaorol axborot-kutubxona markazi tomonidan "Barkamol avlod" bolalar markazida buyuk allomamiz Mahmud az-Zamaxshariyning 950 yilligi munosabati bilan "Ajdodlarimiz merosi-kelajak poydevori" mavzusida adabiy uchrashuv oʻtkazildi. Mahmud az-Zamaxshariy o'z davrining yirik tarixshunosi, jug'rofiyachisi, adabiyotshunosi, tilshunosi, pedagogi va shoiri hisoblanadi. Zamondoshlari "Butun dunyo muallimi", "Barcha arablar va boshqa xalqlar muallimi", "Jorulloh- Allohning qoʻshnisi", "Xorazm shuhrati" kabi nomlar bilan ulugʻlashgan. Arab tili grammatikasiga oid "Al-mufassal" asari hanuzgacha dunyo miqyosida o'z qiymatini yoʻqotgan emas. Uning mantiq, grammatika, din, lugʻat, adabiyot, pedagogika, tarix va jug'rofiyaga oid 50 dan ortiq ilmiy ishlari va asarlari mavjud.
Websayt (https://gallaorolakm.uz/) | Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100093372425193&mibextid=ZbWKwL) | Telegram (https://t.me/GallaorolTAKM2023) | Instagram (https://www.instagram.com/gallaoroltumanakm?igsh=a3dkcXBkMDE4N2t4) | Youtube (https://youtube.com/@GallaoroltumanAKM?si=D8q5bmaPrqed2tzY) |https://t.me/irfonli