Dasturga asosan, "Kitobsevar millat" shiori ostida yil davomida qator tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Maʼlumki, ayni paytda yurtimizda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Xususan, Hukumatimizning 2020-yil 14-dekabrdagi 787-sonli qarori bilan 2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab quvvatlash Milliy dasturi tasdiqlandi. Dasturga asosan, "Kitobsevar millat" shiori ostida yil davomida qator tadbirlar oʻtkazilmoqda. Jumladan, joriy yilning 4-mart kuni tumanimizdagi Magistral gaz quvurlari boshqarmasida tashkil etilgan koʻchma kutubxonamizda adabiy tadbir mana shu mavzuda oʻtkazildi. Tadbir davomida kitoblar koʻrgazmasi, asar taqdimoti, "Tafakkur charxi" kabi oʻyinlar tashkil etildi. Shuningdek, tadbir davomida "Ayolga ehtirom" mavzusida sheʼriy kecha ham oʻtkazildi.
📚Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring va doʻstlaringizga ham tavsiya qiling!👇👇👇👇
Websayt (https://gallaorolakm.uz/) | Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100093372425193&mibextid=ZbWKwL) | Telegram (https://t.me/GallaorolTAKM2023) | Instagram (https://www.instagram.com/gallaoroltumanakm?igsh=a3dkcXBkMDE4N2t4) | Youtube (https://youtube.com/@GallaoroltumanAKM?si=D8q5bmaPrqed2tzY) |https://t.me/irfonli