Deputatlar tuman Axborot - kutubxona markazida

Xalq deputatlari Jizzax viloyati va Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari "AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATI TO‘GʻRISIDA" gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-280-sonli Qonunining tumandagi ijrosini o‘rgandi.
Deputatlar tuman Axborot - kutubxona markazida foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishini ta’minlash, foydalanuvchilarning intellektual, ma’naviy-axloqiy, madaniy va ta’lim olish ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, milliy madaniyatni tiklashga va yanada rivojlantirishga ko‘maklashish, madaniy meros ob’yektlarini saqlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanishni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. O‘rganish ishlarida tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari Gʻ.Jonzoqov, M.Usmonova, Sh.Xolmo‘minovlar ishtirok etdi.