Bugun – buyuk yozuvchi, ulug‘ ma’rifatparvar Abdulla Qodiriyning tavallud kuni
Bugun – buyuk yozuvchi, ulug‘ ma’rifatparvar Abdulla Qodiriyning tavallud kuni
Bugungi sana – 10-aprel o‘zbek adabiyoti tarixidagi eng yorqin sahifalardan birini eslatadi. Chunki aynan shu kuni, 1894-yilda, adabiyotimizning sarchashmasi, birinchi realistik roman muallifi, buyuk ma’rifatparvar va fidoyi jadid – Abdulla Qodiriy dunyoga kelgan.
Adib “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” kabi asarlari bilan o‘zbek roman janrining tamal toshini qo‘ygan. Ayniqsa adolat, erkinlik va ma’rifat yo‘lidagi kurashi biz uchun juda ahamiyatlidir.
Abdulla Qodiriyni hurmat bilan yod etamiz.
Gʻallaorol tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi 42-umumiy oʻrta taʼlim maktabida adib hayoti va ijodi yuzasidan adabiy uchrashuv tashkil etildi.
Unutmang: buyuklar tirik –ibratli faoliyati, asarlari va g‘oyalari orqali!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring va doʻstlaringizga ham tavsiya qiling!👇👇👇👇
Websayt (https://gallaorolakm.uz/) | Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100093372425193&mibextid=ZbWKwL) | Telegram (https://t.me/GallaorolTAKM2023) | Instagram (https://www.instagram.com/gallaoroltumanakm?igsh=a3dkcXBkMDE4N2t4) | Youtube (https://youtube.com/@GallaoroltumanAKM?si=D8q5bmaPrqed2tzY) |https://t.me/irfonli