Bir vatan bir el bir bayroq birdam jamiyat bayrogʻim faxrim
.jpg)
Bir vatan bir el bir bayroq birdam jamiyat bayrogʻim faxrim
Joriy yilning 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan tumandagi madaniyat saroyida tantanali tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda turli soha vakillari qatorida tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etib, bayramga tashrif buyurgan fuqarolar uchun badiiy, ilmiy, tarixiy va ma’rifiy adabiyotlardan iborat kitoblar koʻrgazmasini tashkil etdilar.
Ko‘rgazmada davlat ramzlarimiz tarixi, ularning ahamiyati, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlovchi adabiyotlar keng namoyish etildi.