Bibliografik sharh

G‘allaorol tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati raxbari.
Joy nomlarining izohli lugʻati kitobiga bibliografik sharh.
Jizzax viloyati joy nomlarining izohli lug‘ati nomli ushbu kitob asosida bibliografik sharh tashkil etildi. Mazkur sharh davomida kitobda keltirilgan joy nomlarining kelib chiqishi, ularning tarixiy va ma’naviy ahamiyati, hududning o‘ziga xos xususiyatlari keng yoritib berildi. Tinglovchilarga viloyatimiz toponimikasiga oid qiziqarli va foydali ma’lumotlar taqdim etildi.
Bibliografik sharh o‘quvchilar va kitobxonlarda yurtimiz tarixiga, ayniqsa joy nomlarining mazmun-mohiyatiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.