" BAG'RIKENGLIK" HAFTALIGI BAYROG'IM - FAXRIM MENING
G'allaorol tuman Axborot- kutubxona markazi hamda 42- maktab o'quvchilari bilan hamkorlikda “Muqaddasdir Vatan bayrog’i” mavzusida ma'naviy - ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
18-NOYABR – O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG’I QABUL QILINGAN KUN.1991-yil 18-noyabr kuni mamlakatimizda «O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida» gi Qonun qabul qilingan. Unda davlat bayrog’i mamlakitimizning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi ramz ekanligi ta’kidlangan. Joriy yil O’zbekistonda Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 33 yilligi nishonlanmoqda.
Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgidir. Respublikamiz davlat ramzlari xalqimizning shon- sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasidir.
📚Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring va doʻstlaringizga ham tavsiya qiling!👇👇👇👇
Websayt (https://gallaorolakm.uz/) | Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100093372425193&mibextid=ZbWKwL) | Telegram (https://t.me/GallaorolTAKM2023) | Instagram (https://www.instagram.com/gallaoroltumanakm?igsh=a3dkcXBkMDE4N2t4) | Youtube (https://youtube.com/@GallaoroltumanAKM?si=D8q5bmaPrqed2tzY)