“Ayol ilmli bo‘lsa, millat ilmli bo‘ladi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Kitobxonlik haftaligi
Bitta qizni o'qitsak, butun oilaga ta'lim bergan bo'lamiz. Agar oila bilimli, ma'rifatli boʻlsa, jamiyatning ongi, madaniy darajasi ham yuksaladi. Ayollari oʻqimishli va kasb-hunarli boʻlgan yurtda tinchlik va taraqqiyot bo'ladi. Ayollari ma'rifatli boʻlgan xalq albatta baxtli bo'ladi.
Sh.Mirziyoyev
Bugun 14-aprel kuni VI Respublika "Kitobxonlik haftaligi" munosabati bilan kutubxonamizda “Ayol ilmli bo‘lsa, millat ilmli bo‘ladi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman partiya tashkiloti raisi, tuman targ‘ibot guruhi rahbari Bahoroy Jumaboyeva, shuningdek, kitobxon onalar va qizlar ishtirok etdilar.
Suhbat davomida ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning ilm olishga bo‘lgan intilishi, farzand tarbiyasidagi mas’uliyati hamda kitob mutolaasining ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.