Alisher Navoiy -585 yil

📚 "Navoiy — qalblarimizdan mangu"
G‘allaorol axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida 42-maktab o‘quvchilari ishtirokida buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Navoiy ruboiylari ifodali o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda qiziqarli savol-javoblar tashkil qilindi. Ushbu tadbir yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ularda milliy merosimizga bo‘lgan hurmatni mustahkamladi.