ABDULLA QAHHOR 118 YOSHDA
ABDULLA QAHHOR 118 YOSHDA
Gʻallaorol axborot kutubxona markazi tomonidan joriy yilning 18-sentyabr kuni 42-umumiy oʻrta ta'lim maktabida 17- sentyabr -O'zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 118 yilligi munosabati bilan adabiy-maʼnaviy tadbir tashkil etildi.
📖 Tadbir davomida adibning hayoti va ijodi, oʻzbek adabiyotiga qoʻshgan beqiyos hissasi, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishdagi xizmatlari haqida soʻz yuritildi.
📚 Ishtirokchilar yozuvchining “O'g'ri”, “Oʻtmishdan ertaklar”, “Anor”, “Bemor”, "Dahshat" kabi asarlari tahlil qilinib, ularning mazmun-mohiyati, badiiy yuksakligi hamda yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati alohida taʼkidlandi. Shuningdek, oʻquvchilar tomonidan yozuvchi asarlaridan parchalar oʻqildi, savol-javob va bahs-munozara lar oʻtkazildi.