9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
G'allaorolda 9- may Xotira va qadrlash kuni munosabati adabiy -badiiy kecha tadbiri o'tkazildi.
Ushbu muhim sana munosabati bilan tashkil etilgan marosimda tuman hokimi Jalolitdin Oqboev hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Xotira – ajdodlarga yuksak hurmat va ehtirom ifodasi. Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug deganlaridek, Prezidentimiz tomonidan istiqlolning ilk yillaridan el-yurtimiz taqdiriga daxldor tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, jasoratini ulug'lash va abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor xalqimizning ana shunday o`lmas qadriyatlari, bebaxo ma’naviy fazilatlarini namoyon etib kelmoqda.
Xotira o‘zlikni anglashga o‘tmishni doimo yodda tutishga da’vat etib turadigan muqaddas tuyg‘udir, u orqali inson o‘ziga yaxshi xislatlarni qaror toptirib boradi. Muqaddas tushunchalarning barchasi xotira bilan tirik.
Websayt (https://gallaorolakm.uz/) | Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100093372425193&mibextid=ZbWKwL) | Telegram (https://t.me/GallaorolTAKM2023) | Instagram (https://www.instagram.com/gallaoroltumanakm?igsh=a3dkcXBkMDE4N2t4) | Youtube (https://youtube.com/@GallaoroltumanAKM?si=D8q5bmaPrqed2tzY) |https://t.me/irfonli