30_IYUN_YOSHLAR_KUNI HUQUQIY_SAVODXONLIK
#30_IYUN_YOSHLAR_KUNI
#HUQUQIY_SAVODXONLIK
📚30 Iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan “G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasi” da yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini va qiziqarli savol-javoblar tashkil etildi.
Qatnashchilar o‘z bilimlari va tafakkurini sinovdan o‘tkazib, savollarga javob berishdi. Faol qatnashchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir yoshlarning bilim va intellektual salohiyatini oshirish, jamoada do‘stlik va birdamlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari va tashkilotchilar nomidan “G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasi” rahbariyatiga, ayniqsa, korxona rahbariga yoshlarga qaratilgan e’tibor va yaratilgan imkoniyatlar uchun alohida minnatdorlik izhor etildi.
🌐Ijtimoiy sahifalarimizga obuna boʻling va doʻstlaringizga tavsiya qiling 👇👇👇
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Websayt (https://gallaorolakm.uz/) | Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61576596342441) | Telegram (https://t.me/GallaorolTAKM2023) | Instagram (https://www.instagram.com/gallaoroltumanakm?igsh=a3dkcXBkMDE4N2t4) | Youtube (https://youtube.com/@GallaoroltumanAKM?si=D8q5bmaPrqed2tzY)