11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni!

11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni!
BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 11-oktyabr har yili “Xalqaro qizlar kuni” sifatida nishonlanadi.
Bugun G'allaorol tumani axborot-kutubxona markazida ushbu sana munosabati bilan “Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz” shiori ostida “Kitobxon qizlar kuni” doirasida tadbir o‘tkazildi.
Xalqaro qizlar kuni – bu nafaqat bayram, balki qizlarning huquqlari, ta’limi va orzularini qo‘llab-quvvatlashga chaqiruvchi muhim kun.