1-oktyabr_"Oʻqituvchi_ va_ murabbiylar_ kuni"
1-oktyabr_"Oʻqituvchi_ va_ murabbiylar_ kuni"
Joriy yilning 2-oktyabr kuni Gʻallaorol axborot-kutubxona markazi tomonidan tumanimizdagi 90-umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Sizga ta'zim, aziz ustozlar!" mavzusida ma'naviyat soati tashkil etildi.
Jamiyatning buguni va kelajagi, uning ma'naviy va ma'rifiy salohiyati ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta'lim-tarbiya tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati esa - koʻp jihatdan oʻqituvchi va murabbiylarning faoliyati bilan bog'liq.
Mazkur maktabdagi eng koʻp o'quvchilarni fan olimpiadalariga, oliy oʻquv yurtiga kirish imtihonlariga va milliy sertifikatlarga tayyorlagan va yuqori natijalar ko'rsatgan oʻqituvchisi Fozilova Dilnozaxonga axborot- kutubxona markazi tomonidan minnatdorchilik bildirildi.
Ustozlarni qadrlash – ilmni, maʼrifatni, kelajakni qadrlash demakdir